Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

LA COGNIUNZIONE


Bog’lovchi (la congiunzione)

       Bog’lovchi so’zlarni, gaplarni bir-biriga bog’lash uchun ishlatiladi. Italyan tilida bog’lovchi sodda (semplice) va murakkab (composta) bo’ladi.

1. Sodda bo’glovchilar: e (va), ma (ammo; balki)

2. Murakkab: perchè (nima uchun; negaki)

 

          Vazifasiga ko’ra bog’lovchilar teng (coordinanti) va ergashtiruvchi (subordinanti) bo’ladi.

Teng bog’lovchilar (le congiunzioni coordinanti)

Ikkita so’z, ikkita gapni tenglik asosida bog’laydi. Italyan tilida teng bog’lovchilarning quyidagi turlari bor:


  1. Teng bog’lovchilar (copulative) - e (va), anche (ham), nè (na), neppure (hatto), nemmeno hattoki), neanche (hattoki)

Verrà anche lui - u ham keladi

Non è bello nè simpatico - u na chiroyli, na yoqimtoy


  1. Ayiruv (disgiuntive) - o (yo), ovvero (yoki), oppure (yoki, yohud), altrimenti (aks holda)

Arriverà oggi oppure domani - bugun yoki ertaga keladi

Prendi un tè o un caffè? - choy olasanmi yo qahva?


  1. Zidlov (avversative) - ma (ammo), tuttavia (shunga qaramay, biroq), invece (aksincha, qaramasdan), anzi (aksincha), pure (biroq, -ga qaramasdan, hech bo’lmasa)

Oggi è una magnifica giornata, pure preferisco restare in casa - bugun ajoyib kun bo’lishiga qaramasdan, uyda qolishni afzal ko’raman

Luigi è andato a lezione, invece carlo ha preferito studiare in biblioteca - luiji darsga ketdi, aksincha karlo kutubxonada o’qishni afzal ko’rdi


  1. Aniqlov (dichiarative) - cioè (ya’ni), infatti (darhaqiqat), diffati (haqiqatan), ossia (ya’ni, boshqacha aytganda)

Mia zia, cioè la sorella di mia made - mening xolam, ya’ni onamning opasi

Non è venuta a lezione, diffati è a casa con la febbre - darsga kelmadi, haqiqatan u uyda isitmalab yotibdi


  1. Xulosalovchi (conclusive) - perciò (shuning uchun), dunque (shunga ko’ra), pertanto (shu sababli), quindi (demak, binobarin), sicchè (shunday qilib)

Ho finito, quindi me ne posso andare - tugatdim, demak ketishim mumkin

È uscito senza sciarpa, perciò gli è venuto mal di gola - u sharfsiz ketdi, shuning uchun tomog’i og’rib qaytdi


  1. Takror (correlative) - e…e (va…va), o…o (yo…, yo…), nè…nè (na..,na…), così…come (qanday.., shunday…), non solo…ma anche (-ga qaramasdan)

Non solo è giovane, ma è anche brava - u yosh bo’lishiga qaramasdan aqllidir

 

Ergashtiruvchi bog’lovchilar (le congiunzioni subordinanti)   

Ikki yoki undan ortiq gaplarni tobelik asosida bog’laydi. Italyan tilida ergashtiruvchi bog’lovchilarning quyidagi turlari bor:


  1. Sabab (causali) - perchè (chunki), poichè (negaki), siccome (shuning uchunki, sababli, modomiki), che (-ki), giacchè (chunki)

Sono stanco perchè ho lavorato molto - charchadim, chunki ko’p ishladim

Siccome sono arrivata in ritardo non sono potuta entrare nella sala - kech kelganligim sababli, zalga hira olmadim   


  1. Maqsad (finali) - affinchè (uchun, maqsadda, -ga), che (-ki), perchè (chunki, negaki, shuning uchunki)

Te lo dico perchè (affinchè) tu ti renda conto - uni senga aytaman, chunki o’zingga javob bera olasan              


  1. Vaqt (temporali) - quando (qachon), mentre (paytda, -da, o’sha kezda), allora (hozirgina), prima che (qadar, -guncha, -dan oldin)

Vieni quando puoi - qachon xohlasang kel

Mentre passeggiava canticchiava a bassa voce - sayr qilayotgan paytda past ovozda kuylar edi


  1. Aniqlov (dichiarative) - che (-ki), come (hozirgina, shu zahoti)

Credo che venga - ishonamanki, keladi              


  1. Natija  (consecutive) - così…che (shunday … -ki, shunday, shunaqa), tanto…da (shu qadar)

Era tanto arrabiato da tremare - qo’rqqanligidan shu qadar asabiy edi                                    


  1. Modal (modali) - come (qanday, shunday), così (shunaqa), quasi (xuddi), comunque (shunday bo’lsa-da, shunga qaramay, -masin), senza che (-dan, oldidan)

Fa come vuoi - qanday xohlasang, shunday bajar

Comunque si comporti, ha sempre torto - u har doim haqligidan, o’zini shunday tutardi             


  1. To’siqsiz (concessive) - benchè (qaramay, garchi), quantunque (-sa ham, garchi, qaramasdan, bo’lsa ham), sebbene (qaramasdan, garchi), nonostante (qaramasdan)     

Benchè fosse mattina non c’era il sole - kunduz bo’lishiga qaramasdan, quyosh yo’q edi

Sebbene avesse studiato molto non superò l’esame - juda ko’p o’qigan bo’lsa ham, imtihondan yiqildi

Nonostante le buone intenzioni, ricominciò a fumare - ajoyib maqsadlarga qaramasdan, chekishni qaytadan boshladi


  1. Qiyosiy-chog’ishtiruv (comparative) - come (xuddi, -dek, kabi), più di (ko’p, marta katta), meno di (ozroq, kam, marta kam)

Le scarpe costavano meno di quanto credessi - oyoq kiyimlar o’ylaganimdan arzonroq turar ekan


  1. So’roq (interrogative) - che (nima), perchè (nima uchun, nega), quando (qachon), come (qanday)

Dimmi perchè sei in ritardo? - aytchi, nega kech qolding?

Quando sei arrivato? - qachon yetib kelding?            


  1. Ayiruv-chegaralovchi (eccettuative)    - ecceto che (-dan tashqari), tranne che/ trannechè (-dan bo’lak, -dan mustasno), fuorchè (-dan boshqa, -dan istisno), salvo che (agar..., -sa)

Non darò le dimissioni, salvo che me lo impongano - faqatgina meni bunga majbur qilgan taqdirda, uni ishdan bo’shataman

Prepare tutto per la partenza tranne che (fuorchè) chiudere la valigia - chamadonni yopishdan bo’lak, barcha narsani ketish uchun tayyorladim             


  1. Shart (condizionali) - se (agar), purchè (sharti bilan, zahoti), qualora (bilanoq, agar)

Se hai detto la verità non devi temere nulla - agar haqiqatni aytgan bo’lsang, hech narsadan qo’rqmasliging kerak

Ti perdenerò purchè tu dica la verita - rostini aytganliging sharti bilan seni kechiraman

Qualora decidessi di partire, avvertimi - agar jo’nab ketishni qaror qilsang, meni ogohlantir              

 

Mavzu yuzasidan


InItalia.uz © 2020-