Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Undov so’zlar (l’interiezione)


Undovlar gapning hech bir bo’lagi bilan grammarik aloqaga kirishmaydigan o’zgarmas so’z turkumidir.

Italyan xalqi serhissiyotli xalqdir, ular tez-tez gapda undov so’zlardan foydalanadi. Undovlar kishining turli tuyg’ularini ifodalashi mumkin. Undov so’zlarning mazmuni ovoz ohangidan hamda yuz ifodasidan ham kelib chiqadi. Undov so’zlar 3 turga bo’linadi: sodda (semplici), qo’shma (composte) va undov so’z birikmalari (improprie).

Sodda undovlar (le interiezioni semplici)

Oddiy undovlar “h” undosh tovushi oldidan kelgan bir unlidan iborat so’zlardir :ah!, eh! Ih! Oh! Uh!
Shuningdek, birdan ortiq unli va undosh tovushlardan ham tashkil topishi mumkin:

Urrà! (xursandchilikni ifodalaydi)
Auff!, uffa! (zerikishni ifodalaydi)
Oplà! (aniq yoki majoziy to’siqdan o’tishda ishlatiladi)
Puah! (nafratni ifodalaydi)
Ma!, mah! (noaniqlik, ishonchsizlikni ifodalaydi)
Boh! (shubha, noaniqlikni ifodalaydi)
Toh! (hayrat, ajablanishni ifodalaydi)

Magari! (qaniydi), caspita! (yo’g’-ey, jin ursin), capperi! (jin ursin), peccato! (afsus) so’zlari ham sodda undovlardir.

Qo’shma undovlar (le interiezioni composte)

Ikki so’zdan iborat ahimè! (esiz), eccome! (zo’r), perbacco! (yo piray), suvvia! (xo’sh) undovlari qo’shma undovlardir.

Undov so’z birikmalari (le interiezioni improprie)

Bir nechta so’zdan tashkil topgan bo’ladi. Misol uchun, povero me! (sho’rpeshona bo’lmay-a), che pasticcio! (qanday tartibsizlik), che guaio! (bunday qayg’ulik), dio mio! (ey xudo), mamma mia! (voy onajon)

InItalia.uz © 2020-