Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Congiuntivo (fe'l mayli)


Sizga qiziq bo'lishi mumkin:

  1. Congiuntivo passato
  2. Congiuntivo imperfetto
  3. Congiuntivo trapassato

Congiuntivo  presente  

Italyan tilida congiuntivo (shart) mayli asosan tahmin, umid, norozilik, shubha-gumon, xohish-istak, xavotir va iltimos kabi subektiv fikrlarni ifodalashda qo`llaniladi.

Spero che Marco si sposi presto. – Umid qilamanki, Marco tez orada uylanadi.

Credo che stia piovendo. – Ishonamanki, yomg`ir yog`ayapti.

Voglio che tu faccia il tuo lavoro bene. – Xohlaymanki, ishingni yaxshi bajarishingni. (Sen ishingi yaxshi bajarishingni xoxlayman).

Congiuntivo 4 zamonni o`z ichiga olib (presente, passato, imperfetto, trappassato) u sodda va ergash gap tarkibida kelishi mumkin.

1. U sodda gap tarkibida:

  • Shubha va gumon: Che Pietro non si senta bene, forse? -  Balki Pietro o`zini yaxshi his qilmayotgandur?
  • Orzu va istak: Ah, se fosse qui Anna! - Eh agar Anna shu yerda bo`lganida edi!
  • Nasihat, buyruq va taklif: Signora, mi ascolti! – Xonim meni eshting!

Buni bir qarashda imperativo yani buyruq mayli bilan adashtirishingiz mumkin. Imperativo faqat ikkinchi shaxs birlik va ko`plik uchun ishlatiladi, congiuntivo esa uchinchi shaxs birlik va ko`plik hamda birinchi shaxs ko`plik uchun qo`llaniladi, shuningdek congiuntivoda gapning ma`nosi bir oz muloyimroq bo`ladi.

Eslatib o`tamiz sodda gaplarning tarkibida bitta fe`l qatnashadi.

2. Congiuntivo ergash gap tarkibida:

  • Tahmin, shubha-gumon, xohish-istak, umid va qo'rquvni ifodalab keluvchi fe`llar bilan keladi.

Temo che Maria sia bugiarda.- Qo`rqamanki, Maria yolg`onchi. (Mariani yolg`onchi deb qo`rqaman.

Speravo che ce lo facessero.- Umid qilgandimki, ular buni qilishadi.(Ular buni qilishadi deb umid qilgandim).

  • Bazi bog`lovchi va ergashtiruvchi iboralardan keyin, masalan affinché (shunday qilib), sebbene (garchi), benché (garchi), purché (bo`lsa-da), prima che (sharti bilan), a patto che (modomiki) kabilar bilan keladi.

Sebbene sia molto intelligente, Giulia non si applica a sufficienza allo studio. – Garchi  juda aqilli bo`lsa ham, Giulia  o`qish bilan yetarlicha shug`ullanmaydi.

 

  • Qualunque (har qanday, istalgan) va chiunque (har kim, kim bo'lsada, istalgan) kabi noaniq olmoshlar ishtirok etganida.

Prenderò quel treno, qualunque cosa accada. – Har qanday narsa sodir bo`lsa ham, o`sha poezdda ketaman.

 

Congiuntivoda to`g`ri fe`llar quyidagicha tuslanadi:

 

parlare

mettere

partire

Capire (isc)

Io

parli

metta

parta

capisca

Tu

parli

metta

parta

capisca

Lui\Lei

parli

metta

parta

capisca

Noi

parliamo

mettiamo

partiamo

capiamo

Voi

parliate

mettiate

partiate

capiate

Loro

parlino

mettano

partano

capiscano

 

Endi congiuntivo presenteda bir qancha notog`ri fe`llarni ko`rib chiqamiz, presente indicativo (hozirgi zamon)dagi notog`ri tuslanadigan fe`llar congiuntivo maylida ham notog`ri fe`l bo`lib keladi:

 

essere

avere

andare

fare

dare

venire

stare

dire

Io

sia

abbia

vada

faccia

dia

venga

stia

dica

Tu

sia

abbia

vada

faccia

dia

venga

stia

dica

Lui\Lei

sia

abbia

vada

faccia

dia

venga

stia

dica

Noi

siamo

abbiamo

andiamo

facciamo

diamo

veniamo

stiamo

diciamo

Voi

siate

abbiate

andiate

facciate

diate

veniate

stiate

diciate

Loro

siano

abbiano

vadano

facciano

diano

vengano

stiano

dicano

 

Congiuntivo modal fe`llar:

 

volere

potere

dovere

Io

voglia

possa

debba

Tu

voglia

possa

debba

Lui\Lei

voglia

possa

debba

Noi

vogliamo

possiamo

dobbiamo

Voi

vogliate

possiate

dobbiate

Loro

vogliano

possano

debbano



O'zDJTU 3-bosqich talabasi
Xalilova Iroda tomonidan
tayyorlandi




Mavzu yuzasidan





InItalia.uz © 2020-