I pronomi interrogativi - noaniq shaxslar yoki narsalarga aniqlik kiritish uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita savol beriladi va so’roq olmoshlaridan foydalaniladi. Ular gapda ega yoki to'ldiruvchi vazifasini bajarishi mumkin.
So'roq olmoshlari 4 ta:
• Chi (Kim) mujskoy/jenskiy rod, birlik va ko'plik uchun bir xil.
Chi è partito? - kim ketdi?
Di chi è questa macchina? - bu mashina kimniki?
Con chi hai parlato? - kim bilan gaplashding?
Gli chiese per chi lavorasse? - cherkovlar kim uchun ishlaydi?.
• Che, che cosa, cosa (Nima) neytral qiymatga ega
Che farai domenica? - yakshanba nima ish qilasan?
Che cosa ti è capitato? - seni nima hayratga soldi?
Cosa fanno i ragazzi? - qizlar nima qilishayapti?
• Quale, quali (Qaysi) rodlarda o'zgarmaydi. Faqat sonda o’zgaradi. Ular odamlarga ham, narsalarga ham tegishli.
Quale studente è il più intelligente? - qaysi talaba eng aqlli?
Quale sport preferisci? - qaysi sport turini afzal ko'rasan?
• Quanto, quanta, quanti, quante (Qancha) ular rod jihatidan ham, son jihatidan ham o'zgaruvchan bo'lib, ular odamlarning va narsalarning miqdori bilan bog'liq savollar berish uchun ishlatiladi.
Quanta strada abbiamo fatto? - qancha yo'l bosdik?
Quanto hai speso? - qancha ishlatding?
Quanti anni avete? - yoshlaring nechida?
Quante pizze hai comprato? - nechta pitsa sotib olding?
Pronomi esclamativi
I pronomi interrogativi (so’roq olmoshlari) pronomi esclamativi (undov gaplar) ni yasashda ham ishlatiladi:
Guarda chi c’è! - qara kim borligini!
Che triste! - naqadar qayg'uli!
Cosa devo vedere! - nimani ko'rishim kerak!
Quanto sei stupido! - naqadar ahmoqsan!