Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

ITALIYA DAVLAT BAYRAMLARI


Italiyada keng hamda davlat bayramlari sifatida nishonlanadigan bayramlar quyidagilar:

  • 1-yanvar — Yangi yil (Il Capodanno);
  • 6-yanvar  — Efepaniya (l’Epifania) yoki Befana (La Befana), Xudoning namoyishi;
  • 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami (La Festa della Donna); majburiy bayram hisoblanmaydi va bu kun ish kunidir;
  • 21-aprel — Rimga asos solingan kun (Natale di Roma);
  • 25-aprel — Mustaqillik bayrami (La Liberazione), nemis mustamlakachiligidan va fashizmdan qutilgan sana;
  • 1-may — Mehnat kuni (La Festa del Lavoro);
  • 2-iyun — Respublika kuni (La Festa della Repubblica), respublika deb e’lon qilgan kun;
  • 15-avgust — Ferragosto (Il Ferragosto),  Me’roj kuni, ya’ni Isoning arsh a’loga ko’tarilishi (L’Assunzione);
  • 1-noyabr — Barcha muqaddas va tabarruklar kuni (Il giorno di tutti i Santi (Ognissanti));
  • 2-noyabr — Barcha fidoyi ko’z yumganlar kuni (Il giorno della Commemorazione dei Defunti);
  • 8-dekabr — Pokiza Bibi Maryamning homilador bo’lishi (L’Immacolata Concezione);
  • 25-dekabr — Rojdestvo, Milod (Il Natale);
  • 26-dekabr — Muqaddas Stefan kuni (Santo Stefano).

Bundan tashqari yana ko’plab diniy marosim kunlari mavjud. Misol uchun, Rojdestvodan yangi yil kunigacha bir nechta kichik diniy bayramlar bo’lib o’tadi. Har bir bayram, ayniqsa diniy bayramlar, o’ziga xos urf-odatlar va marosimlar bilan o’tadi.




InItalia.uz © 2020-