Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Italyan tilida artikllar


Artikl (l’articolo)

O’zidan keyin keladigan otni tavsiflash uchun ishlatiladigan yordamchi so’z turkumi artikl deyiladi. Son (birlik-ko’plik) va rodda (jenskiy-mujskoy) moslashadi. Italyan tilida 3 turdagi artikl mavjud:

  1. Aniq artikl (articolo determenativo) so’zlovchi tomonidan tanish bo’lgan kishi yoki narsani bildiruvchi ot bilan birga keladi: 

Il cane è aggressive ― It badjahldir

  1. Noaniq artikl (articolo indetermenativo) so’zlovchi tomonidan notanish bo’lgan kishi yoki narsani bildiruvchi ot bilan birga keladi:

Anna ha un cane (non sappiamo come è il cane) ― Annaning iti bor (qanday it ekanligini bilmaymiz)

  1. Nisbiy artikl (articolo partitivo) hisoblanmaydigan, o’lchanmaydigan ot oldidan qo’llanilib, rod va sonda moslashadi.

Maria deve comprare del pane - Mariya non sotib olishi kerak

 

Aniq artikl (l’articolo determenativo)

Il, i, lo, gli, la, le ― aniq artikldir. Mujskoy roddagi aniq artiklning 3 xil shakli bor: il, lo, l’.

Qo’llanilishi:

  1. “il” shakli undosh harf bilan boshlanadigan mujskoy roddagi otlar oldidan qo’yiladi. Bu artiklning ko’plik shakli “i”.

Il libro ― i libri, il quaderno ―i quaderni

  1. “lo” shakli (bu artiklning ko’plik shakli “Gli”) quyidagi harflar bilan boshlanadigan mujskoy roddagi otlar oldidan ishlatiladi:
  • S+undosh: lo sbaglio (xato) - gli sbagli, lo studente (talaba) - gli student
  • Z bilan: lo zaino (sumka) - gli zaini, lo zucchero (shaker) - gli zuccheri
  • Gn bilan: lo gnomo (pakana) - gli gnomi
  • Pn bilan: lo pneumatico  (pnevmatika) - gli pneumatic
  • Ps bilan: lo psicologo - gli psicologi
  • “I”+unli: lo iato (teshik)
  • Y bilan: lo yogurt

  1. “L” shakli unli bilan boshlanuvchi mujskoy roddagi ot oldidan ishlatiladi. Ko’plik shakli “Gli”.

L’amico (do’st) - gli amici, l’orario (soat) - gli orari



Jenskiy roddagi aniq artiklning 2 xil shakli bor: la, l’

Qo’llanilishi:

  • “La” undosh bilan boshlanadigan jenskiy roddagi ot oldidan ishlatiladi:

La scuola (maktab), la donna (ayol)

  • “L’” unli bilan boshlanadigan jenskiy roddagi otlar oldidan ishlatiladi:

                            L’amica, l’ora (vaqt)

  • “la” va “l’”ning ko’plik shakli “ le ”.

La scuola/le scuole, la donna/le donne, l’amica/le amiche



Aniq artikl doim quyidagi hollarda ishlatiladi:

  1. Ot aniqlovchi bilan kelsa, ya’ni ot tavsiflansa:

Il signor Andre, la sorella maggiore (opa)

  1. Qarindoshlikni bildiradigan otlar oldidan (umumiy ma’noni berganda):

Il padre (ota), la madre (ona)

  1. Egalik olmoshlari bilan kelganda:

Il mio gatto (mening mushugim), la mia amica (mening dugonam), la mia cara amica

  1. Vaqt iboralari oldidan:

Il 26 è il nostro anniversario (26-kuni bizning yubileyimiz), la  primavera (bahor)

  1. Quyidagi otlar oldidan doim artikl ishlatiladi:
  • Katta orollar: la Sardegna, la Sicilia
  • Viloyatlar: l’Umbria, il Samarcanda
  • Davlatlar: l’Italia, la Russia
  • Qit’alar: l’Europa, l’Asia
  • Tog’ tizmalari: le Alpi, gli Appennini
  • Daryolar: il Polo, l’Amudarya
  • Ko’llar: il Garda, il Trasimeno


Artikl quyidagi hollarda ishlatilmaydi:

  1. Atoqli otlar oldidan: Shahboz, Abbos


  2. Qarindoshlik nomlarini bildiruvchi otlar bilan birga kelgan egalik olmoshlari oldidan, “loro” dan tashqari: mio padre, mio zio, la loro madre


  3. Ba’zi otlar artikl olmaydi: San (avliyo) Francesco, suora (rohiba) Maria, Don (janob) Giovanni

 

Noaniq artikl (l’articolo indetermenativo)

un, uno, una noaniq artikldir. Noaniq artikl bizga hali notanish va hali eshitmagan narsalarimizni bildirish uchun ishlatiladi. Mujskoy roddagi noaniq artiklning 2 xil shakli bor: “un”, “uno”.


Qo’llanilishi:

  1. “Un” shakli har qanday unli va undosh bilan boshlanuvchi mujskoy roddagi otlar oldidan ishlatiladi:

Un albero (daraxt), un ragazzo (yigit)

  1. “Uno” shakli S+undosh, Z, Pn, Ps, Gn, X, I, Y harflari bilan boshlanadigan birlikdagi mujskoy roddagi otlar oldidan ishlatiladi:

Uno svizzero (shvetsariyalik), un zio (tog’a), uno pneumatico (pnevmatika), uno psocologo, uno gnomo (pakana), uno xenofobo (ksenofob), un iato (teshik), uno yogurt.



Nisbiy artikl (articolo partitivo)

Del, dello, dei, degli, della, delle ― nisbiy artikllardir. Bu artikl aniq artikl va “di” predlogining qo’shilishi natijasida yasaladi. U hisoblanmaydigan, o’lchanmaydigan ot oldidan qo’llaniladi:

                               Ecco il pane ― mana non

Biroq gap o’sha narsaning qandaydir qismi haqida ketsa, ot nisbiy artikl bilan ishlatiladi:

                               Maria deve comprare del pane ― Mariya non sotib olishi kerak


Quyidagi hollarda nisbiy artikl tushiriladi:

So’roq gaplarda:

                               Compri pane? - Non sotib olasanmi?

Inkor gaplarda:

                               Non ho carta. - Qog’ozim yo’q.

Gap odat haqida ketayotgan taqsdiq gaplarda:

                               Di mattina mangio pane e burro. - Ertalablari non va saryog’ yeyman.

 

Mavzu yuzasidan video


InItalia.uz © 2020-