Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

OT


Shaxs, narsa, hodisa, hissiyotlar, hayvonlar va boshqalarning nomini ifodalaydigan so’zlarga ot deyiladi.

Australia, Italia, paese (davlat), uomo (odam), pecora (qo’y)

Otalar ma’no va grammatik jihatdan quyidagilarga bo’linadi:

  1. Atoqli otlar (Nomi propri). Bir turdagi  predmetlardan bittasini ajratib ko‘rsatuvchi  shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yiladi.

Anna, Paolo, Roma (Rim), Uzbekistan

  1. Turdosh otlar (Nomi comuni). Bir shaxs, hayvon yoki narsani bildiradi.

Pecora (qo’y), albero (daraxt), penna (ruchka)

  1. Jamlovchi (to’da) otlar (Nomi collettivi). Birlik shaklda bo’lib, odamlar, narsalar yoki hayvonlar guruhini bildiradi.

Gente (xalq), gregge (olamon), esercito (armiya)

  1. Aniq otlar (Nomi concreti). Sezgi a’zolarimiz yordamida (ushlab, ko‘rib)  bilishimiz  mumkin  bo‘lgan  narsalarni  bildiradi.

Tavolo (stol), cane (it), libro (kitob)

  1. Mavhum otlar (Nomi astratti). Sezgi  a’zolarimiz  yordamida  (ushlab, ko‘rib)  bilishimiz mumkin bo‘lmagan , tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni  bildiradi.

Fantasia (xayol), libertà (ozodlik), amore (sevgi)

  1. Yakka otlar (Nomi individuali). Donalab sanaladigan predmetlarni bildiradi.

Soldato (askar), matita (qalam), quaderno (daftar)

Otlarning rodlari (Genere dei nomi)

Italyan tilida otlarning rus tilidagi kabi o’z rodi mavjud. Faqat italyan tilida 2 ta rod mavjud: jenskiy va mujskoy. Otlarning rodini uning oxiridagi harfga qarab aniqlasak bo’ladi.

Odatda otlar -o bilan yakunlansa, mujskoy rodga (i sostantivi maschili) tegishli bo’ladi va uni -a harfiga o’zgartirish orqali jenskiy rod yasaladi.

Il nonno/la nonna (buva/buvi)

-a harfi bilan tugaydigan mujskoy roddagi otlar -essa qo’shimchasi orqali jenskiy rodga aylantirilishi mumkin.

Il poeta/la poetessa (shoir/shoira)

Odatda otlar  -a bilan yakunlansa, jenskiy rodga (i sostantivi femminili) tegishli bo’ladi.

La penna (ruchka), la matita (qalam)

-e harfi bilan tugallanadigan birlikdagi otlar borki, ular ham mujskoy rodga, ham jenskiy rodga tegishli bo’lishi mumkin, shuning uchun ularni yodlash zarur.

Il fior-e (gul), la senap-e (xantal)

-e harfi bilan tugaydigan mujskoy roddagi otlarning so’ngi harfini “-a” va “-essa”ga o’zgartirish orqali jenskiy rodga aylantirish mumkin.

Il signore/la signora (janob/xonim), il professore/la professoressa (professor)

Ba’zi mujskoy roddagi otlar jenskiy rod ko’rinishini boshqacha usul bilan yasaydi:

Mujskoy (maschile)

Jenskiy (femminile)

Il re (qirol)

La regina (qirolicha)

L’eroe (qahramon)

L’eroina (qahramon)

Il dio  (xudo)

La dea (ma’buda)

Il gallo (xo’roz)

La gallina (tovuq)

Il cane (it)

La cagna (it)

 

Ba’zi mujskoy roddagi otlar bilan jenskiy roddagi otlardan butunlay farq qiladi:

Mujskoy (maschile)

Jenskiy (femminile)

L’uomo (erkak)

La donna (ayol)

Il padre (ota)

La madre (ona)

Il fratello (aka)

La sorella (opa)

Il papà (dada)

La mamma (aya)

Il marito (er)

La moglie (xotin)

Il genero (kuyov)

La nuora (kelin)

 

Ba’zi otlar ikkala rodda ham bir xil ko’rinishga ega bo’ladi. Bu holda yordamchi so’zlar: artikllar hamda sifatlar yordamida otning qaysi rodga tegishliligini bilish mumkin:

Il/la nipote (nevara), il/la testimone (guvoh), un/un’atleta (sportchi)

Ba’zi otlar mujskoy va jenskiy rodlarda turlicha ma’no anglatadilar:

Mujskoy (maschile)

Jenskiy (femminile)

Il pianto (lacrime - yosh)

La pianta (vegetale - o’simlik)

Il palmo (qo’l qismi)

La palma (albero - daraxt)

Il collo (tana a’zosi)

La colla (adesivo - yelim)

        

Otlarning son ko’rsatgichi (il numero dei sostantivi)

Quyida ko’plik son qanday yasalishini ko’rishimiz mumkin:

Birlik (singolare)

Ko’plik (plurale)

Libr-o (kitob)

Libr-i

Fior-e (gul)

Fior-i

Penn-a (ruchka)

Penn-e

 

-ca va -ga bilan yakunlangan mujskoy roddagi otlarning ushbu affikslari ko’plikda -chi  va -ghi  bo’ladi:

Il monarca/I monarchi (monarx), lo stratega/le strateghi (strateg)

-ca va -ga bilan yakunlangan jenskiy roddagi otlar ko’plikda -che va -ghe affikslari bilan yasaladi:

La banca/le banche (bank), la college/le college (hamkasb)

-co va -go bilan tugagan mujskoy roddagi otlar ko’plikga quyidagi usullar bilan o’zgaradi:

  • Urg’u oxiridan bitta oldingi bo’g’inga tushsa, -chi va -ghe bo’ladi: il fuoco/I fuochi (olov), l’albergo/gli alberghi (daraxt). Biroq amico (do’st), greco (yunon), nemico (dushman) bu qoidadan mustasno: amici, greci, nemici
  • Urg’u oxiridan oldingi uchinchi bo’g’inga tushsa, -ci va -gi bo’ladi: il medico/I medici (shifokor). Biroq il catalogo/I cataloghi (katalog), il carico/I carichi (qadrdon), il dialogo/I dialoghi (dialog) bundan mustasno.

-logo affiksi bilan tugagan mujskoy roddagi otlar ko’plikga qiyidagi usul bilan yasaladi:

  • Biron kasbni bildirsa, -logi: l’archeologo/gli archeology, lo psicologo/gli psicologi
  • Narsalarni bildirsa, -loghi: il catalogo/I cataloghi, il dialogo/I dialoghi

-io affiksi bilan tugagan mujskoy roddagi otlar ko’plikda:

  • “-i” urg’ulangan bo’lsa, -ii: lo zio/gli zii (tog’a)
  • “-i” urg’usiz bo’lsa, -i: il figlio/I figli (o’g’il), il bacio/I baci (o’pich, bo’sa)

-cia va -gia bilan tugagan otlar ko’plikda:

  • “-i” urg’ulangan bo’lsa yoki -cia va -gia affikslaridan oldin unli tovush bo’lsa, -cie va -gie: la farmacia/le farmacie (dorixona), la valigia/le valigie (jamadon)
  • “-i” urg’usiz bo’lsa, -ce va -ge: la spiaggia/le spiagge (sohil)

Ba’zi otlar ko’plikda boshqacha ko’rinishga ega:

Birlik

Ko’plik

L’uomo (odam)

Gli uomini

Il dio (xudo)

Gli dei

Il tempio (ibodatxona)

I templi

Il bue (ho’kiz)

I buoi

 

Ba’zi otlar birlikda mujskoy rodda, ko’plikda esa jenskiy rodda bo’ladi:

Birlik

Ko’plik

Il ginocchio (tizza)

Le ginocchia

Il braccio (qo’l)

Le braccia yoki I bracci

Il labbro (lab)

Le labbra

L’uova (tuxum)

Le uova

Il centinaio (yuz)

Le centianaia

Il sopracciglio (qosh)

Le sopracciglia

 

Ba’zi otlar birlik va ko’plikda ham bir xil shaklda bo’ladi:

La città/le città (shahar), il re/I re (qirol), il cinema/I cinema (kino), l’auto/le auto (avtomobil), la foto/le foto  va h.k.

Ba’zi otlar faqat birlik formada ishlatiladi (ba’zi istisnolar mavjud):

         La sete (chanqoq), la prole (avlod), l’oro (oltin), il pane (non)

Ba’zi otlar faqat ko’plik formada ishlatiladi:

Gli spiccioli (mayda-chuda), i viveri (oziq-ovqat), i pantaloni (shim), le forbici (qaychi)

Ba’zi  otlar ko’plikda turli ma’nolarni beruvchi mujskoy va jenskiy rod formalariga ega:

Birlik

Mujskoy rod ko’plikda

Jenskiy rod ko’plikda

Il muro (devor)

I muri (uy devori)

Le mura (shahar devori)

Il membro (a’zo)

I membri (jinsiy a’zo)

Le membra (tana qismi)

Il ciglio (kiprik)

I cigli (chet, chekka)

Le ciglia (kiprik)

Il fondamento (poydevor)

I fondamenti (asoslari)

Le fondamenta (poydevor)

 

Hafta kunlari

Dushanba - lunedì

Seshanba - martedì

Chorshanba - mercoledì

Payshanba - giovedì

Juma - venerdì

Shanba - sabato

Yakshanba - domenica

 

MAVZU YUZASIDAN

InItalia.uz © 2020-