Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

ITALYAN PREDLOGLARI


Predloglar (la prezposizione)

          Italyan grammatikasida predlog (lot. Prae “oldida”, positionem “joy”)― so’z turkumi hisoblanib, gapda so’zlar o’rtasidagi  sintaktik aloqani ifodalashda va aniqlashda ishlatiladi. Predlog har doim ot, olmosh yoki to’liqsiz (infinitive) fe’l oldida keladi va ikkinchi darajali gap bo’laklarini yasashda ishtirok etadi.

          Predloglarning oddiy (di, a, da, in, con, su, per, tra, fra) va aniq artikl bilan birikib kelgan murakkab predloglarga bo’linadi (con, per, tra/fra predloglaridan tashqari). Murakkab predloglar artiklning rodiga va soniga moslashib keladi. Quyida artikllashgan predloglar jadvali keltiriladi:

 

Il

I

Lo/l’

Gli

La/l’

Le

Di

Del

Dei

Dello/dell’

Degli

Della/dell’

Delle

A

Al

Ai

Allo/all’

Agli

Alla/all’

Alle

Da

Dal

Dai

Dallo/dall’

Dagli

Dalla/dall’

Dale

In

Nel

Nei

Nello/nell’

Negli

Nella/nell’

Nelle

Su

Sul

Sui

Sullo/sull’

Sugli

Sulla/sull’

Sulle

 

      Italyan yilidagi predloglar ko’p jihatdan o’zbek tilidagi ko’makchilarga to’g’ri keladi, biroq predloglarni ko’makchi deb atay olmaymiz. Predloglar sof (proprie) predloglarga (di, a, da, in, con, su, per, tra, fra va artikllashgan predloglar) hamda boshqa so’z turkumlaridan hosil qilingan, predlog sifatida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vazifadosh (improprie) predloglarga bo’linadi. Eng ko’p ishlatiladigan vazifadosh predloglar (preposizioni improprie) quyidagilar:

Verso (tomon)

Circa (qariyb)

Intorno (atrofida)

Lungo (bo’ylab, osha)

Contro (qarshi)

Presso (yaqinida)

Durante (davomida)

Davanti (oldida)

Prima (oldin)

Tranne (-dan tashqari)

Dentro (ichakari)

Senza (tashqari, -siz)

Eccetto (-dan tashqari, -siz)

Dopo (keyin)

Sopra (ustida)

Salvo (-dan tashqari, agar)

Fuori (tashqari)

Sotto (ostida)

 

Ba’zi predloglar ravish bilan birgalikda ishlatilib, predlog vazifasini bajaruvchi izohlovchi (locuzioni prepositive) bo’lib keladi:

Accanto a (yaqinida)

Davanti a (oldida)

Vicino a (-ning yaqinida)

Invece di (o’rniga)

Di fronte a (qarshisida)

Prima di (-dan oldin)

Fino a (-gacha)

Dopo di (-dan keyin)

Lontano da (-dan uzoqda)

Insieme con (birga)

 

Predloglar è necessario, è bello, è opportune, è utile, è inutile va boshqa so’z birikmalari hamda amare, desiderare, dovere, lasciare, piacere, potere, preferire, sapere, volere  va boshqa fe’llar bilan ishlatilmaydi.

                È necessario chiedere informazioni - ma’lumotlarni so’rash zarur

                È bello avere degli amici generosi - ochiqqo’l do’stlaring bo’lsa yaxshi

Preferisco passare il pomeriggio al parco - kechki paytni istirohat bog’ida o’tkazishni yoqtiraman

Mavzu yuzasidan





InItalia.uz © 2020-