Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

ITALIYA TILI HAQIDA


Hozirgi italyan adabiy tili mahalliy Toskana dialektiga asoslanadi

Italyan tili (italyancha: italiano — „italyancha“ yoki italyancha: lingua italiana — „italyan tili“) roman tillaridan biri boʻlib, unda asosan Italiya, Shveysariya, San Marino, Vatikanda gaplashishadi; bundan tashqari Malta, Monako, Xorvatiya, Sloveniya, Fransiya, Liviya, Eritreya va Somali kabi mamlakatlarning ayrim viloyatlarida italyancha gaplashadigan aholi istiqomat qiladi. Amerika va Avstraliya qitʼalarida ham baʼzi immigrantlar italyan tilini ona tili deb hisoblaydi.

Italyan tili shevalari 3 katta guruhga boʻlinadi: shimoliy, markaziy va janubiy. Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin Italyan tili sifatida qayta tarkib topishi 6— 10-asrlarga toʻgʻri keladi. 13-asrdan boshlab, ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy taraqqiyot bilan Italiya shevalari ichida Florensiya (Toskan) shevasi alohida oʻrin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. Italyan tilidagi soʻzlar deyarli qoʻsh undoshli boʻlib, unli tovushlar bilan tugaydi. Urgu soʻzning oxiridan ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Egalik olmoshi artikl bilan keladi. Gapda soʻz tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Yevropa Ittifoqi statistikasiga binoan italyancha 59 million nafar aholi uchun ona tilidir, yana 14 million kishi undan ikkinchi til sifatida foydalanadi.

So’nggi tadqiqotlarga asosan, italyan tili eng musiqali til deya tan olingan. Italyan tili (italiano, la lingua italiana) ― Italiya, Vatikan, San-Marino va Shvetsariya davlatlarining rasmiy tili. Xorvatiya va Sloveniya davlatlarining ba’zi hududlarida ikkinchi rasmiy til mavqesiga ega.

Italyan tili kelib chiqishiga koʻra hind-yevropa tillari oilasining italiy tillar tarmogʻiga mansub roman tillari guruhi tarkibiga kiruvchi italo-roman tillari kichik guruhi a’zosi hisoblanadi. Roman tillari guruhiga italyan tilidan tashqari yana lotin tili, fransuz tili, rumin tili, ispan tili, partugal tili va boshqa tillar kiradi. Roman tillariga mansub tillar lotin tilining ta’siri ostida paydo boʻlgan.

Uygʻonish davridan boshlab Dante, Petrarka, Bokkacho kabi mashxur yozuvchilar oʻz asarlarida ishlatgan toskana dialektining nufuzi orta boshlaydi. Biroq ziyoli kishilar oʻshanda ham italyan tilini an’anaviy lotin tiliga nisbatan “vulgar” (oddiy xalq tili) deb atashdan toʻxtashmaydi.  Oxir-oqibat toskana dialekti adabiy italyan dialektining asosiga aylandi.

Hozirda italyan tili dunyoda mashxur tillardan biridir. Birinchi navbatda italyan tili ― opera, musiqa tili. Italyan tili oʻzining musiqiyligi, shiraligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Oxirgi ma’lumotlarga asoslanadigan boʻlsak, italyan tilida soʻzlashuvchilar soni 70 milliondan ortiqroqdir. Italyan tili oʻrganish uchun ma’qul boʻlgan 5 ta til orasidan munosib joy olgan. Italiya davlati italyan tilini xorijda targʻib qilish uchun koʻplab ishlar olib bormoqda, shu sababdandirkim, bu til ingliz, fransuz, ispan tillaridan keying eng qiziqib oʻrganilayotgan tillar orasidan joy olgan.

Italyan tilining shakllanishi tarixan lotin tiliga taqaladi. Lotin tilining oʻsha paytlarda adabiy hamda xalqona koʻrinishlari mavjud boʻlgan. Xalqona koʻrinishi (vulgar) xalq orasida eng koʻp iste’molda boʻlgan va aynan shu koʻrinishi hozirgi italyan tilining shakllanishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Yuqorida aytib oʻtganimdek, xix asrgacha yagona italyan tili mavjud boʻlmagan: til bir-biriga uzoq-yaqin boʻlgan dialektlardan iborat boʻlib, har kim oʻz dialektida gaplashgan. Faqatgina yagona davlat yagona til boʻlishini talab qilgan va bunga erishgan. Italyan tili qolgan roman guruhi tillari kabi lotin tilidan koʻplab soʻzlarni oʻzlashtirgan.

Italyan tilidagi soʻzlarni oʻqish xorijlik oʻquvchiga u darajada muamo tugʻdirmaydi, negaki ba’zi bir istisnolarni hisobga olmasa soʻzlar qay tartibda yozilsa, shu taxlit oʻqiladi. Italyan soʻzlarining yana bir oʻziga xos tomoni shundaki, har bir soʻz unli harf bilan yakunlanadi va bu soʻzlarning musiqiyligini ta’minlaydi.

Italiya davlatida ham qolgan davlatlardagi kabi har bir hududning oʻz dialekti mavjud. Keling, ba’zi bir statistika ma’lumotlari bilan tanishib chiqamiz. Bu bizga italiya davlatida mavjud dialektlar haqida qisman, lekin salmoqli ma’lumot beradi. Misol uchun, etnologlar uchun italiya davlatida 34 ta turli xil tillar mavjud. Ulardan eng asosiysi italyan tili sanaladi, ikkinchi oʻrinda esa neapolitan-kalabreze tili va keyingi oʻrinda esa sitsiliyan tili turadi. Italiya davlati 20 ta ma’muriy hududga boʻlinadi, lekin koʻrinib turibdiki, tillar soni hududlar soniga mos kelmaydi, bunga tarixiy omil sabab boʻlgan. Hozirda tarixiy, madaniy va siyosiy sabablarga koʻra koʻpgina “italyan dialekt”lari rasmiy maqomga ega emas. Italiya davlati faqatgina friul, retroroman, franko-pravonsal, oksitan, katalan va sardiniya dialektlarini tan oladi.  Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda,  taqriban 44% italiyaliklar adabiy tilda gaplashishadi, 51% italiyaliklar uni dialekt bilan qoʻshib gaplashishadi va bor yoʻgʻi 5% aholi faqatgina ma’lum bir dialektda gaplashishadi.

Italyan tilini o’rganishda mashqlar, turli xil o’yinlar katta yordam beradi. Agar til bo’yicha ma’lum ko’nikma mavjud bo’lsa, unda uni mustahkamlash va rivojlantirish uchun bir-ikki oy italiyaga borib kelgan yaxshi, negaki til ― muhit bor joyda tez o’zlashtiriladi. Italyan tili o’rganish uchun yetarlicha oson hisoblanadi. Bizning o’zbek tilimiz grammatikasi italyan tilidagiga o’xshamasada, qolgan tillardan anchagina osonroq o’zlashtiriladi.

InItalia.uz © 2020-