Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

RAVISH VA UNING TURLARI


Ravish (l’avverbio)

Yasalishi

Ravishlar yasalishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:

  1. Sodda ravishlar (avverbi primitivi) - sof ravishlar deb ham yuritiladi, ya’ni grammatik mustaqilligini va vazifalarini saqlab qolgan. Ularga: qui (shu yerda), là (u yerda), quando (qachon), sempre (doim), mai (hech qachon), poco (kam), spesso (tez-tez), subito (darhol), ieri (kecha), quasi (deyarli) va boshqalar kiradi.
  2. Qo’shma ravishlar (composti) - ikki yoki undan ko’p so’zlardan iborat. Ularga: infatti (in+fatti; haqiqatdan ham), almeno (almeno; hech bo’lmasa), davvero (da+vero; rostdan ham), inoltre (in+oltre; bundan tashqari), dappertutto (da+per+tutto; har yerda) va boshqalar kiradi.
  3. Yasama ravishlar (derivati) - boshqa so’z turkumlaridan qo’shimcha qo’shish orqali yasalgan ravishlar. Ravishlarni yasashda eng keng tarqalgan usullar quyidagilar:
  • Jenskiy roddagi sifatlarga -mente qo’shimchasini qo’shish orqali:

Raramente (rara+mente) - kamdan-kam, chiaramente - aniq, stranamente - g’alati holatda    

Bunda l, r undoshi bilan tugagan sifatlarning oxirgi e yoki o unlisi tushirilib qoldiriladi, istisnolar mavjud (lentamente):

Facilmente (facile) - oson, regolarmente (regolare) - doimiy, precipitevolissimevolmente - shiddat bilan, leggermente (leggero) - yengil, violentemente (violento) - shavqatsizlarcha

  • Fe’llar va otlardan -oni (ba’zan -one) qo’shimchasini qo’shish orqali:

Ginocchioni (ginocchio) - tizzalab; ciondoloni (ciondolare) - osilib

Ularning ba’zilari predlog bilan, ba’zilari predlogsiz ishlatiladi:

Stare a cavalcione (su una sedia) - ustida (ot ustida),  stare ginocchioni - tizzalab turmoq

  • Ba’zida a+sifat qolipi bilan yasaladi, va sifatdan anglashilgan holatni bildiradi

Alla russa - ruscha, alla contadina - dehqonchasiga

Ravish turlari (tipi di avverbi)

O’ziga xos xususiyatlariga ko’ra ravishlar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Holat ravishi ― avverbio di modo (o qualificativo)
  2. O’rin-joy ravishi ― avverbio di luogo
  3. Payt ravishi ― avverbio di tempo
  4. Baholovchi ravishlar ― avverbio di giudizio
  5. Miqdor ravishi ― avverbio di quantità
  6. So’roq ravishi ― avverbio di interrogative

         Ravishli iboralar ham borki, ular bir nechta so’zlardan iborat bo’lib, ravish so’zni yasaydi. Ularning ba’zilarini taqdim etaman: in fretta (shoshib), a piedi (piyoda), di sopra (yuqorida), in qua (shu yerda), per sempre (doim), di sera (kechasi), press’a poco (tahminan), neppure per sogno (tushingda ham).

Holat ravishi (avverbio di modo)

         Bu ravishlar sifatlovchi ravishlar deb ham yuritiladi. Chunki holatning qay tarzda, holatda sodir bo’lishini ifodalaydi va come? (qanday), in che modo? (qay holatda), in che maniera? (qay usulda) savollariga javob bo’ladi. Ular quyidagi shakllarga ega:

  1. -mente affiksi bilan yasalgan ravishlar: lievemente (osonlikcha), agevolmente (ehtiyotkorona)
  2. -oni affiksi bilan yasalgan ravishlar: penzoloni (osiltirib), cavalcioni (ustida)
  3. Asliy sifatlarning mujskoy roddagi birlik shaklidan yasalgan ravishlar: parlare chiaro (tushunarli gapirmoq), rispondere giusto (to’g’ri javob bermoq)
  4. Boshqa ayrim ravishlar: bene (yaxshi), male (yomon)

Misol uchun: practicamente tutti i nostri ragazzi usano il computer a casa -  deyarli barcha yoshlarimiz uyida kompyuter ishlatishadi

Gettandosi ginocchioni per terra, abbracciava i ginocchi - yerga tizzalagan holda oyoqlaridan quchoqladi

O’rin-joy ravishi (avverbio di luogo)

        Harakat-holatning sodir bo’lish o’rnini bildiradi va “dove?” (qachon) so’rog’iga javob bo’ladi. Faol o’rin ravishlari:

Qui/qua (shu yerda), là/lì (u yerda), lontano (uzoq), vicino (yaqin), davanti (oldinda), contro (qarshida), dentro (ichida), fuori (tashqari), dopo (keyin), oltre (boshqa), presso (yaqin), dove (qayer), dovunque (har yerda) va boshqalar.

Vieni fuori. Fatti vicino. - tashqariga chiq. Yaqinroq kel

Costà, costì (u yerda, o’sha yerda) ravishlari eshituvchiga yaqin joyni bildiradi: fermata costì - o’sha yerda to’xta.

Ci, vi, ne bo’laklari ham o’rin ravishi sifatida qo’llaniladi, ya’ni ci va vi “shu yerda, u yerda” ma’nosida, ne esa “bu yerdan” ma’nolarida ishlatiladi:

            ci vado - u yerga boraman, me ne vado - bu yerdan ketaman, ne sto uscendo - u yerdan ketyapman

Payt ravishi (avverbio di tempo)

        Quando? (qachon) so’rog’iga javob bo’ladi. Asosiy payt ravishlari:

    Ora (hozir), adesso (hozir), oggi (bugun), allora (o’shanda), prima (oldin), dopo (keyin), ieri (kecha), poi (keyin), ancora (hali), tardi (kech), già(allaqachon), finora (haligacha) va boshqalar.

            possible che tu non abbia ancora finite? - hali ham tugatib bo’lmaganing rostmi?

Di questo parleremo dopo - bu haqida keyin gaplashamiz

Baholovchi ravishlar (avverbio di giudizio)

Ushbu ravishlar biror bir hodisani tasdiqlash, inkor etish yoki shubhani ifodalash uchun xizmat qiladi va shu sababli quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Tasdiq ravishlari (affermazione): certo (albatta, ayniqsa), sicuro, sicuramente (shubhasiz; balki), proprio (haqiqatda), appunto (xuddi shunday)

Il caldo ― che sicuramente troveremo in messico ― è un altro element da tenere in grande considerazione ― biz meksikada, shubhasiz, uchratadigan issiq havo, hisobga olishimiz zarur bo’lgan yana bir faktdir

  • Inkor ravishlari (negazione): non, neanche, nemmeno, neppure (ham, hattoki)

Che cosa non hanno fatto quell padre per salvarlo ― uni saqlab qolish uchun bu ota nimalar qilmadi

  • Shubha ravishlari (dubbio): forse (balki), quasi (deyarli), probabilmente (ehtimol), eventualmente (bo’lishi mumkin)

A quest’ora probabilmente non troveremo nessuno ― bu paytda hech kimni topolmasak kerak

Miqdor ravishi (avverbio di quantità)

        Ushbu ravishlar noaniq holdagi miqdorni bildirishadi va “quanto?” (qancha) so’rog’iga javob bo’ladi. Faol miqdor ravishlari:

      Molto (ko’p), poco (kam), tanto (ko’p), troppo (juda ko’p), assai (juda), abbastanza (yetarlicha), nulla (hech narsa), niente (hech narsa), meno (kam), grandemente (katta), appena (shu zahoti) va boshqalar.

È troppo bello! ― u juda chiroyli!

Studia molto ― u ko’p o’qiydi

So’roq ravishi (avverbio di interrogative)

So’roq ravishlari quyidagi savollarni o’z ichiga oladi: come? (qanday), dove? (qayerda), quando? (qachon), quanto? (qancha), perchè? (nega).

            Come stai? - qandaysan?

            Dimmi quando torni ― menga qachon kelishingni ayt

Ravish darajalari (gradi dell’avverbio)

Sifat so’z turkumi singari bir qancha ravishlarning ham qiyosiy hamda orttirma darajalari mavjud. Bunda birinchi navbatda holat ravishlari, vaqt ravishlari hamda joy ravishlari nazarda tutiladi:

Oddiy daraja (grado positivo)

Qiyosiy daraja (grado comparativo)

Orttirma daraja (grado superlativo)

Absolyut (assoluto)

Nisbiy (relativo)

Piano (sekin, past)

Più piano (pastroq)

Pianissimo (juda past)

Il più piano possibile (iloji boricha pastroq)

Fortemente (kuchli)

Più fortemente (kuchliroq)

Fortissimamente (juda kuchli)

Il più fortemente possibile

Tardi (kech)

Più tardi (kechroq)

Tardissimo (juda kech)

Il più tardi possibile

Lontano (uzoq)

Più lontano (uzoqroq)

Lontanissimo (juda uzoq)

Il più lontano possibile

Duramente  (qat’iy)

Più duramente (qat’iyroq)

Durissimamente (o’ta qat’iy)

Il più duramente possibile

 

Ayrim ravishlarning o’ziga xos qiyosiy va orttirma darajalari bor:

Oddiy daraja (grado positivo)

Qiyosiy daraja (grado comparativo)

Orttirma daraja (grado superlativo)

Absolyut (assoluto)

Nisbiy (relativo)

Bene (yaxshi)

Meglio (yaxshiroq)

Ottimamente o bennissimo (juda yaxshi)

Il meglio possibile (iloji boricha yaxshiroq)

Male (yomon)

Peggio

Pessimamente o malissimo

Il peggio possibile

Molto (ko’p)

Più

Moltissimo

Il più possibile

Poco (kam)

Meno

Pochissimo

Il meno possibile

Grandemente (katta)

Maggiormente

Massimamente

Il maggiormente possibile

 

Boshqacha shaklga ega bo’lgan ravishlar ham bor:

Bene: benino (yomon emas), benone (juda yaxshi)

Male: maluccio (yomonroq), malaccio (juda yomon)

Poco: pochino (kamgina), pochetto (juda kam)

Presto: prestino (sal barvaqt), prestuccio (ancha barvaqt)

Ravishning gapdagi o’rni

  1. Agar ravish sifatga yoki boshqa bir ravishga bog’lanib kelsa, bog’lanuvchi so’zdan oldin keladi:

Molto bello (juda chiroyli); molto bene (juda yaxshi).

  1. Agar fe’lga bog’lanib kelsa, ko’pincha fe’ldan keyin keladi:

Lui parla bene l'italiano. - u italyanchada yaxshi gapiradi;
Lei legge molto. - u ko’p o’qiydi.

Fe’ldan oldin ham kelishi mumkin, lekin unda ta’kid ma’nosi bo’ladi:

Subito è venuto. - darhol u keldi
è venuto subito. - u darhol keldi

Italyan tilida già, mai, ancora, affatto, sempre, poi kabi sodda ravishlar murakkab fe’l orasida ham kelishi mumkin:

È già arrivato. - allaqachon kelgan;
Non l'ho ancora visto. - uni hali ko’rmadim;
Non l'ho mai detto. - hech qachon bunday demaganman;
Hа forse parlato di noi? - balki u biz haqimizda gapirgandir?
Non l'ha affatto detto. - u umuman bu haqida gapirmadi.

Bir nechta fe’l ishtirok etgan gaplarda ravish o’zi tegishli bo’lgan fe’l ortidan keladi:

На deciso subito di partire. - u ketish uchun darhol qaror qabul qildi
Hа deciso di partire subito. - u darhol ketishga qaror qildi.

Mavzu yuzasidan


InItalia.uz © 2020-